She’r yodlatish uchun 5 yashar bolani urgan bog‘cha opa ishdan bo‘shatildi

3-sahifa

image

Avvalroq, Surxondaryo viloyatining Denov tumanidagi 16-sonli maktabgacha ta’lim tashkilotida tarbiyachi ayol 5 yoshli bolaga qo‘pol munosabatda bo‘lgani, yig‘layotgan tarbiyalanuvchilardan biriga baqirib, go‘yoki tinchlantirish uchun qo‘lidagi narsa bilan kaltaklagani haqida xabar berilgandi. Ushbu tarbiyachi A.G. bilan tuzilgan mehnat shartnomasi bekor qilindi. Bu haqda Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi axborot xizmati xabar berdi. 

Ushbu holatni Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi tomonidan tuzilgan ishchi guruh joyiga chiqib o‘rgangan. Xodim o‘z mehnat majburiyatlarini qo‘pol ravishda buzganligi uchun O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 161-moddasi ikkinchi qismi 5-bandiga asosan tarbiyachi A.G. bilan tuzilgan mehnat shartnomasi bekor qilingan.

Eslatib o‘tamiz, oldinroq Bolalar ombudsmani  hozirda holat yuzasidan tuman IIB tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilayotganini ma’lum qilgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Surxondaryo bog'cha opa

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made