Shayxontohurda 9 yoshli qiz YTHda halok bo‘ldi

Jamiyat

image

Bugun, 13 iyul kuni Toshkent shahar Shayxontohur tumanida oqibati o‘lim bilan yakunlangan yo‘l-transport hodisasi yuz berdi. Bu haqda Toshkent shahar IIBB Matbuot xizmati xabar berdi.

Shayxontohur tumanining Ko‘ksaroy ko‘chasida soat 11:30 da 58 yoshli Husniddin X. Captiva avtomobilida piyodani urib yuborgan. 9 yoshli M. yo‘lning harakat qismiga kutilmaganda chiqib kelgan. Haydovchi ham to‘xtashga ulgurmagan.

YTH natijasida qizaloq olgan tan jarohatlaridan voqea joyida halok bo‘lgan.

IIBB YHXB xodimlari Ibn Sino-1 massivida yashovchilar bilan suhbatlashib, bolalarni yo‘l harakati qoidalariga rioya qilishga o‘rgatish kerakligini ta’kidlagan.


Maqola muallifi

Teglar

YTH Shayxontohur

Baholaganlar

102

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing