Shayx Alijon qori og‘ir judolikka uchradi
Jamiyat
−
22 iyul 2025 81641 1 daqiqa
Kecha, 21 iyul kuni O‘zbekiston musulmonlari idorasi “Qur’on va tajvidni o‘rgatish” bo‘limi boshlig‘i Shayx Alijon qori Fayzulloh Maxdumning singlisi og‘ir xastalikdan vafot etdi. Bu haqda O‘zbekiston musulmonlari idorasi xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, marhuma Misr poytaxti Qohira shahrida joylashgan Al-Azhar universitetida tahsil olgan.
“Shuningdek, “AlQuran” mobil ilovasidagi “Al-Fatiha online” dasturining uztozalaridan bo‘lib, ko‘plab ayollarning qiroatini to‘g‘rilashga o‘z hissasini qo‘shganini alohida e’tirof etish lozim”, deyiladi idora xabarida.
Marhuma uzoq vaqt davomida og‘ir dard bilan kurashib kelgan.
Qayd etilishicha, marhumaning janoza marosimi bugun, 22 iyul kuni asr namozi vaqtida – soat 17:45 da Jizzax viloyati G‘allaorol tumani Boylarovul qishlog‘idagi xonadonida bo‘lib o‘tadi.
Live
Barchasi31 dekabr 2025
Farg‘ona davlat texnika universiteti rektori Qo‘ng‘irotboy Sharipovga yangi o‘rinbosar bo‘ldi.
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
29 dekabr 2025