“Gol mashina” ishga tushganda. Portugaliya Millatlar ligasi finalida

Sport

image

Kecha, 5 iyun kuni Yevropa Millatlar ligasining ilk yarim final uchrashuvi o‘tkazildi. Unda maydon egalari Portugaliya Shveysariyani qabul qildi.

Ushbu bahsda portugallar sardori Krishtianu Ronaldu xet-trik qayd etdi va termasini turnirning finaliga olib chiqdi. Bugun turnirning ikkinchi finalchisi ma’lum bo‘ladi. Unda Angliya Gollandiya bilan o‘zaro kuch sinashadi.

Portugaliya – Shveysariya 3:1 (1:0, 2:1).
Lissabon shahri, “Dragau” stadioni.

Gollar: 1:0 – 25 Ronaldu, 1:1 – 57, penalti Rodriges, 2:1 – 88 Ronaldu, 3:1 – 90 Ronaldu.

Portugaliya: Ruy Patrisiu, Pepe (Fonte, 63), Gerreyru, Nelson Semedu, Diash, Ruben Nevesh, Vilyam Karvalyu, Bernardu Silva, Brunu Fernandesh (Moutinyu, 90), Joau Feliks (Gedesh, 70), Ronaldu.

Shveysariya: Zommer, Sher, Rodriges, Mbabu, Akandji, Jaka, Froyler (Drmich, 89), Suber (Shteffen, 83), Zakariya (Fernandesh, 71), Shakiri, Seferovich.

Ogohlantirishlar: Jaka (66), Sher (68), Shakiri (85).


Maqola muallifi

Teglar

Futbol Millatlar ligasi

Baholaganlar

33

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing