Toshkentda 2 mingta bayroq o‘g‘rilab ketildi, hokimlik 15 ming dollar zarar ko‘rdi

Jamiyat

image

An’anaga ko‘ra, O‘zbekistonda bayram kunlari arafasida shaharlarning markaziy ko‘chalari obodonlashtirilib, bayroq, gullar tasviri aks etgan rang-barang chiroqlar o‘rnatiladi. Bu yil O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 28 yilligi arafasida ham bu an’ana davom etdi. Biroq, Toshkent shahar hokimligiga ancha qimmatga tushdi. 

Mustaqillik kunidan so‘ng Toshkent ko‘chalariga o‘rnatilgan bayroqlardan ikki mingdan ortig‘i yo‘qolgan.

Bundan bir necha kun avval, aynan 31 avgust kuni ayrim shaxslar poytaxt yo‘llaridagi simyog‘ochlarga o‘rnatilgan bayroqlarni yechib olayotgani tasvirlangan videolar ijtimoiy tarmoqlarda keng tarqalgan edi.  

Ko‘pchilik foydalanuvchilar bunday “vatanparvarlik” haqida salbiy fikrlarni bildirishdi.

Toshkent shahar hokimligi vakilining so‘zlariga qaraganda, 1 sentyabrdan 2 sentyabrga o‘tar kecha simyog‘ochlardagi bayroqlar yig‘ib olingan va sanab chiqilgan. Shu vaqt ulardan 2 mingdan ortig‘i yo‘qolgani ma’lum bo‘lgan. 

Hokimiyat ma’lumotiga ko‘ra, bayram oldidan Toshkent ko‘chalarida jami 6852 dona davlat bayroq o‘rnatilgan bo‘lib, ulardan 2037 donasi yo‘qolgan. Qayd etilishicha, har bir bayroqning narxi 70 ming so‘mni tashkil qiladi.


Maqola muallifi

Teglar

O'zbekiston bayrog'i

Baholaganlar

323

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing