Seul osmonida O‘zbekiston bayrog‘i tasvirlangan dirijabl ko‘tarildi (fotoreportaj)

Olam

image

Bugun, 15 sentyabr kuni Seul osmonida o‘zgacha manzara kuzatildi – O‘zbekiston bayrog‘ining moviy, oq va yashil ranglaridagi dirijabl Koreya Respublikasi poytaxti uzra parvoz qildi.

Bu oddiy parvoz emas edi. Uning ortida yurtga muhabbat, milliy g‘urur va O‘zbekistonning do‘st Koreya zaminidagi yana bir yorqin qadami mujassam edi.

O‘zbekiston Prezidentining Janubiy Koreyaga davlat tashrifi arafasida amalga oshirilgan ushbu ramziy tashabbus Seul aholisi va xorijlik mehmonlarga O‘zbekistonni yana bir bor tanitish, mamlakat milliy qadriyatlari va davlat ramzlarini namoyon etishga xizmat qildi.

Janubiy Koreyaning poytaxti Seul – dunyodagi eng zamonaviy megapolislardan biri.

Ana shu zamonaviy shahar osmonida O‘zbekiston bayrog‘i ranglarining namoyon bo‘lishi ikki mamlakat o‘rtasidagi munosabatlar ham yangi, zamonaviy va istiqbolli bosqichga ko‘tarilayotganining go‘zal ramzi bo‘ldi.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing