Mirziyoyev O‘zbekiston bayrog‘idan erkin foydalanish zarurligini aytdi

Jamiyat

image

Bugun, 30 may kuni O‘zLiDePning  qurultoyida partiyadan nomzodi ko‘rsatilgan Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston bayrog‘idan erkin foydalanish zarurati to‘g‘risida to‘xtaldi.

Amaldagi Prezident davlat bayrog‘idan faqat bayram va marosimlarda yoki sport musobaqalarida ko‘tarishda foydalanilayotgani, endilikda esa uning har bir xonadonda hilpirab turishiga ruxsat beruvchi hujjatni qabul qilish vaqti yetganini ta’kidlagan.

“Parlamentdagi deputat va senatorlardan bu boradagi hujjat loyihasini qabul qilishda bugungi hayotiy zaruratni ham e’tiborga olishlarini so‘rar edim”, deydi Shavkat Mirziyoyev.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 5 may kuni Qashqadaryo viloyati Qamashi tumanidagi “Chim” dehqon bozorida yelkasiga bayroqli lenta taqib olgan yigitni IIB xodimlari olib ketayotgani aks etgan video tarqalgan edi. Viloyati IIB Matbuot xizmati bunga munosabat bildirib, fuqaro IIB xodimlari tomonidan to‘xtatilib, O‘zbekiston Respublikasining “Davlat ramzlari to‘g‘risida”gi qonun talablariga ko‘ra bayroqni bunday olib yurish mumkin emasligi, uni yechib qo‘yib davlat ramzlariga hurmatsizlik qilmaslik tushuntirilganida fuqaro IIB xodimlarining qonuniy talablariga bo‘ysunmasdan, qarshilik ko‘rsatganini aytgan edi. Shuningdek, yigitga nisbatan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning tegishli moddalari bilan ish ochilgandi. So‘ngra yigitga nisbatan qo‘llanilgan qaror bekor qilindi.


Maqola muallifi

Teglar

Shavkat Mirziyoev O'zbekiston bayrog'i

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing