Shavkat Umurzoqov poytaxtda gul ekishga qariyb 8 mlrd so‘m ajratdi
Jamiyat
−
23 aprel
4966Toshkent shahrida gul ko‘chatlarini xarid qilishga 7 mlrd 920 mln so‘m mablag‘ ajratildi. Bu haqda poytaxt hokimi Shavkat Umurzoqovning qarori qabul qilindi.
Qayd etilishicha, ushbu mablag‘ Toshkent shahar mahalliy byudjetining zaxira jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan ajratiladi.
“Toshkent shahar mahalliy byudjetining zaxira jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan Obodonlashtirish bosh boshqarmasi tizimidagi ixtisoslashtirilgan boshqarmalar va tumanlar Obodonlashtirish boshqarmalariga gul ko‘chatlarini xarid qilish bilan bog‘liq xarajatlarga jami 7 920,0 mln (yetti milliard to‘qqiz yuz yigirma million) so‘m miqdorida mablag‘lar taqsimlansin”, deyiladi qarorda.
Mablag‘larning bir qismi poytaxt tumanlarining Obodonlashtirish boshqarmalariga taqsimlab berilgan. Jumladan:
Shuningdek, qolgan 5,2 mlrd so‘m mablag‘ esa Toshkent shahar Obodonlashtirish bosh boshqarmasi tizimidagi Ixtisoslashtirilgan boshqarmalariga o‘tkazib berilgan.
Eslatib o‘tamiz, joriy yilning fevral oyida Andijonda qariyb 700 mln so‘mga bir tup ko‘chat sotib olingandi.
LiveBarchasi
Putin xalqiga murojaat qildi.
21 noyabr