O‘zbekistonlik vatandoshini o‘ldirgani uchun sud qilinadi
Olam
−
22 Oktabr 2019
4613Rossiyaning Nijegorod viloyati Kstov tumanida O‘zbekiston fuqarosi boshqa bir vatandoshining joniga qasd qilgani uchun sud qilinadi. Bu haqda MK xabar tarqatdi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, jinoyat joriy yilning 31 iyulida Katta Mokroye qishlog‘ida yuz bergan. 37 yoshli o‘zbekistonlik 38 yoshli tanishi bilan yo‘lda ketayotganda ular orasida kelishmovchilik chiqqan. Ikki o‘rtadagi janjalda 38 yoshli o‘zbekistonlik boshidan og‘ir tan jarohat olib, shifoxonaga olib borilgan. Ammo bir kun o‘tib hayotdan ko‘z yumgan.
Mazkur holat bo‘yicha tergov ishi ko‘rib chiqilishi uchun sudga yuborilgan. Unga Rossiya Jinoya kodeksining 111-moddasi bilan ayblov qo‘yilgan.
LiveBarchasi