Poraxo‘r amaldorning qamoq muddati qisqartirildi

Olam

image

Korrupsiya har qanday jamiyatning ildizini yemiradi. Unga qarshi kurashish hech qachon dolzarbligini yo‘qotmaydi. Qirg‘iziston poytaxti Bishkek shahar sudi korrupsiyada ayblangan transport va yo‘llar vazirining sobiq o‘rinbosari Azimxon Jusubaliyevning muddatini 14 yildan 12 yilgacha kamaytirdi. Bu haqda Kaktus media xabar bermoqda. 

Jusubaliyevning manfaatlarini himoya qilgan advokat Jirg‘albek Babayevga ko‘ra, 2018 yilning 5 dekabr kuni Qirg‘iziston Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasining Korrupsiyaga qarshi kurash xizmati tomonidan Qirg‘iziston Respublikasi transport va yo‘llar vazirining o‘rinbosari Azimxon Jusubaliyev 50 ming AQSH dollarini olish harakatidagi jinoiy ish doirasida hibsga olingan edi.

Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, xorijiy kompaniya manfaatlarini ilgari surish uchun kelishilgan summa $ 520 mingdan 120 ming dollargacha baholangan Azimxon Jusubaliyev bundan oldin o‘zining qarindoshlari vositachiligida xorijiy kompaniya vakillaridan olgan. Qolgan pullarni kelgusi haftalarda olish rejalashtirilgan edi. 

Shu yilning iyul oyida Bishkekning Pervomayskiy tuman sudining qarori bilan transport va yo‘llar vazirining sobiq o‘rinbosari Azimxon Jusubaliyev pora olganlikda aybdor deb topilib, 14 yilga ozodlikdan mahrum qilindi. Tender bo‘yicha yashirin muzokaralar olib borgan vositachi Bolot To‘xtaboyev olti yilga ozodlikdan mahrum qilindi.

Uchinchi sudlanuvchi, pora berganlikda ayblanayotgan Bexruz Gulruzov 2 million so‘m jarimaga tortildi. U sud zalida qo‘yib yuborilgan.
 


Maqola muallifi

Teglar

Qirg'iziston Azimxon Jusubaliev

Baholaganlar

105

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing