Putin yadro quroliga ega davlatlarni insoniyatni saqlab qolishga chaqirdi
Olam
−
15 yanvar 2020
5640Avvalroq, Rossiya Prezidenti Vladimir Putin Federal Majlisda murojaat yo‘llagani haqida xabar bergan edik. Davlat rahbari ushbu yig‘ilishda turli mavzular bo‘yicha o‘z fikr-mulohazalarini bildirib o‘tdi.
Prezidentning fikriga ko‘ra, BMT Xavfsizlik Kengashining yadro qurolga ega besh doimiy a’zosi global urush tahdidining oldini olish uchun zarur ishlarni boshlashlari kerak.
“Buning uchun siyosiy iroda, donolik va jasorat ko‘rsatish kerak. Vaqt umumiy javobgarligimiz va real harakatni talab qilmoqda. Bu borada Birlashgan Millatlar Tashkilotining ta’sischi davlatlari o‘rnak ko‘rsatishlari lozim. Aynan yadroviy qurolga ega beshta “derjava” davlatlari insoniyatni saqlab qolish va barqaror rivojlanishi uchun alohida mas’uliyatga ega”, - dedi Putin o‘z murojaatida.
Rossiya rahbarining so‘zlariga ko‘ra, ushbu davlatlar “zamonaviy xalqaro munosabatlarning siyosiy, iqtisodiy va harbiy tomonlarini to‘la hisobga oladigan, sayyorada barqarorlikni ta’minlash bo‘yicha yangicha yondashuvlarni ishlab chiqishi zarur.
Uning ta’kidlashicha, bu maqsad yo‘lida Rossiya qiziqish bildirgan har bir davlat bilan hamkorlik qilishga tayyor. “Biz hech kimga tahdid solishni istamaymiz”, - degan Vladimir Putin.
Sarvar Anvar o‘g‘li
LiveBarchasi