Rasman: 10 iyuldan avtomobillar harakatiga cheklov o‘rnatiladi
Jamiyat
−
08 iyul 2020
28323O‘zbekiston Respublikasiga koronavirus kirib kelishi va tarqalishining oldini olish yuzasidan chora-tadbirlar dasturini qayta tayyorlash bo‘yicha Respublika maxsus komissiyasining qarori bilan joriy yilning 10 iyuldan 1 avgustga qadar karantin choralari kuchaytiriladi.
10 iyuldan 1 avgustga qadar respublika miqyosida quyidagi karantin cheklovlari joriy etiladi:
• avtotransport vositalarining harakati cheklandi;
• davlat organlari va tashkilotlarining asosiy ish faoliyatiga ta’sir etmagan holda qonunchilikda belgilangan tartibda mehnat ta’tiliga chiqarilishi, qolgan qismining mehnat faoliyatini maksimal darajada masofadan turib (onlayn yoki distansion tarzda) tashkil etilishi belgilandi;
• davlat organlari, tashkilotlar va korxonalarda yig‘ilishlar o‘tkazish taqiqlandi, zarur hollarda yig‘ilishlarni videokonferensaloqa rejimida o‘tkazish belgilandi;
• hududlar o‘rtasida avtotransport vositalari qatnovi taqiqlandi (qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtiruvchi tashkilotlarga tegishli xizmat va shaxsiy avtotransport vositalarining harakati bundan mustasno);
Ma’lumot o‘rnida, karantin cheklovlari kuchaytirilishiga 1 iyuldan 6 iyulga qadar 1859 nafar fuqaroda koronavirus infeksiyasi aniqlangani, kunlik o‘sish hajmi 4 barobarga oshib ketgani, koronavirus infeksiyasini yuqtirganlar orasida o‘lim darajasining keskin oshganligi – 10 nafar fuqaro barvaqt hayotdan ko‘z yumgani sabab bo‘lgan.
LiveBarchasi