Toshkentdagi “Yubileynыy” muz saroyi qayta tiklanadi

Jamiyat

image
Koronavirus O‘zbekistonga kirib keldimi? SSV bayonot bilan chiqdi north_east

Koronavirus O‘zbekistonga kirib keldimi? SSV bayonot bilan chiqdi

Bugun, 3 mart kuni O‘zbekiston Respublikasi normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portaliga “Toshkent shahrida muz sporti hamda zamonaviy savdo va xizmat ko‘rsatish ob’ektlari majmuasini qurish ishlarini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Vazirlar Mahkamasining qarori loyihasi joylashtirildi. Loyihaga ko‘ra, Toshkent shahar, Shayxontohur tumanida zamonaviy muz saroyi qurilishi rejalashtirilgan.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Qishki sport turlarini rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2020 yil 4 fevraldagi
PQ–4583-son qarori ijrosini ta’minlash hamda davlat mulki ob’ektlaridan samarali foydalanishni tashkil etish maqsad qilingan. Toshkent shahar, Shayxontohur tumani, Beruniy shoh ko‘chasi, 41-uy manzilida joylashgan “O‘zko‘rgazmasavdo” MCHJ, “Alpomish savdo qatorlari” MCHJ va “O‘zcharmsanoati” uyushmasiga operativ boshqaruv huquqi asosida tegishli bo‘lgan bino va inshootlarni O‘zbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligiga operativ boshqaruv huquqi asosida berilishi ko‘zlangan.

Bino va inshootlar joylashgan hududda qishki sport turlari (figurali uchish, short-trek, kyorling va boshqa sport turlari) bo‘yicha musobaqalar o‘tkazish, ko‘rgazma hamda forumlar tashkil etishga mo‘ljallangan zamonaviy muz saroyi hamda savdo, xizmat ko‘rsatish va ta’lim muassasalari ob’ektlari majmuasini barpo etish loyihasini amalga oshirish uchun “nol” xarid qiymatida investor - “New Universal Development” MCHJga to‘g‘ridan-to‘g‘ri sotish to‘g‘risidagi taklifiga rozilik berilgan.

Investorga bino va inshootlar joylashgan yer uchastkalari olib qo‘yilishi
va xususiy mulkdorlarga tegishli savdo do‘konlari buzilishi natijasida yetkaziladigan zararlarni o‘rnatilgan tartibda to‘liq qoplash, kamida 120 ta yangi ish o‘rinlarini yaratish va 100,0 mlrd. so‘m miqdorida investitsiya kiritish majburiyatlari yuklangan.

Qishki sport turlari (figurali uchish, short-trek, kyorling va boshqa) bo‘yicha musobaqalar o‘tkazish, ko‘rgazmalar hamda forumlar tashkil etishga mo‘ljallangan zamonaviy muz saroyini tashkil qilish 2020 yil 1 sentyabrgacha, zamonaviy savdo va xizmat ko‘rsatish, ta’lim muassasalari ob’ektlarini qurish ishlarini 2021 yil 1 iyuliga qadar yakunlanadi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, “New Universal Development” MCHJ 2015 yili tashkil qilingan va ustav kapitali miqdori 14 milliard so‘mni tashkil qiladi.

Eslatib o‘tamiz, Toshkent shahar, Shayxontohur tumani, Beruniy shoh ko‘chasi, 41-uy manzilida joylashgan “O‘zko‘rgazmasavdo” o‘rnida “Yubileynыy” nomidagi mus saroyi bo‘lgan. 1970 yil ochilgan ushbu sport majmuasi 1990 yilga kelib ko‘rgazma zaliga aylantirilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Vazirlar Mahkamasi

Baholaganlar

96

Reyting

3.2

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing