YeI 30 kunga “eshik”larini yopmoqchi
Olam
−
16 mart 2020
9042Yevropa Ittifoqi 30 kun davomida o‘z hududiga sayohatlarni cheklamoqchi. Faqatgina kechiktirib bo‘lmaydigan safarlarga ruxsat berish ko‘zda tutilyapti. Bu haqda Yevropa komissiyasi rahbari Ursula fon der Lyayen ma’lum qildi.
YeI davlatlari chegarasida oziq-ovqat va tibbiy buyumlar olib kelayotgan yuk mashinalari uchun “yashil liniya” barpo qilinadi. Bu choralar ertaga, 17 mart kuni YeIga kiruvchi davlatlar rahbarlarining telekonferensiyasida tasdiqlanadi va 18 martdan kuchga kiradi.
Ma’lumot uchun, yangi koronavirus paydo bo‘lgan Xitoyda esa vaziyat to‘la nazoratga olindi. Ammo Yevropada COVID-19 virusi yangi kuch bilan avj oldi. Mintaqaning yirik davlatlari – Italiya, Germaniya, Fransiya, Ispaniyada virus avj oldi. Bu mamlakatlar hukumatlari qator cheklovlar joriy qilishga majbur bo‘ldi. Jumladan, Italiya va Ispaniyada mamlakat bo‘ylab harakatlanish taqiqlandi. Italiya A Seriyasi to‘xtatildi. Fransiyada ham ommaviy tadbirlar bekor qilindi. Eng zarur savdo nuqtalaridan boshqa joylar yopildi.
Ayni vaqtda dunyoda koronavirusga chalinganlar soni 175 438 nafarga yetdi. Ularning 77 867 nafari kasallikdan davolangan bo‘lsa, 6714 nafari halok bo‘ldi. Yangi koronavirusning o‘limlilik darajasi 8 foizga teng bo‘lib turibdi.
LiveBarchasi