Bu yil abituriyentlar 6 ta bakalavriat yo‘nalishini tanlashi mumkin
Jamiyat
−
27 yanvar 2020
7984Abituriyentlar uchun o‘tgan o‘quv yilidan boshlab oliy ta’lim muassasalariga test sinovlarida 3 tagacha bakalavriat ta’lim yo‘nalishini tanlash tartibi joriy etildi.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori bilan joriy etilgan bunday tartib natijasida, abituriyentlarning o‘qishga kirish imkoniyati 3 barobarga oshdi. Natijada avvalgi yillarda to‘lmay qolib ketayotgan minglab bo‘sh (vakant) joylar soni, 2019/2020 o‘quv yilida keskin kamaydi.
Yangilik sifatida joriy o‘quv yilidan davlat oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga kirish uchun 6 tagacha bakalavriat ta’lim yo‘nalishini tanlash imkoniyati berilayotganini hisobga olsak, bunday imkoniyatning qamrov hajmi kattaligidan qolib ketayotgan bo‘sh joylar masalasi ham o‘z-o‘zidan hal etilishi mumkin.
Shuni alohida qayd etish kerakki, avvalgi yilda 3 ta bakalavriat ta’lim yo‘nalishini tanlash imkoniyati yaratilgan bo‘lsada, fanlar ketma-ketligi, baholash mezoni turlicha (3,1; 2,1; 1,1 ball) bo‘lganligi sababli, imkoniyatdan to‘liq foydalanishga erishilmadi. Taklif etilayotgan yangilikka ko‘ra endilikda fanlar majmui ketma-ketligi, har xil ball berish tushunchasi bo‘lmaydi. Joriy yildan boshlab majburiy fanlardan to‘g‘ri topilgan har bir javobga 2,1 balldan beriladi, tanlangan ta’lim yo‘nalishiga mos 2 ta fan bo‘yicha to‘g‘ri javob bir xil – 3,1 balldan baholanadi. Natijada abituriyentlarning qamrov kengligi keskin oshadi.
LiveBarchasi