Litvadan og‘ir ahvoldagi o‘zbeklar qaytarildi
Jamiyat
−
11 yanvar 2020
8986Litvada og‘ir vaziyatga tushib qolgan fuqarolar O‘zbekistonga olib kelindi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi Matbuot xizmati xabar bermoqda.
Xususiy bandlik agentligi orqali ishga ketgan bir guruh fuqarolarning Litvada qiyin ahvolda mehnat qilayotgani to‘g‘risida Internet tarmog‘ida tarqalgan ma’lumotlar yuzasidan Tashqi mehnat migratsiyasi agentligining bayonoti e’lon qilingan edi.
Bayonotda fuqarolarga moddiy yordam ko‘rsatish, qaytish istagidagilarni O‘zbekistonga olib kelish choralari ko‘rilyotgani ma’lum qilingan edi.
Bugun, 11 yanvar kuni tongda qaytish istagini bildirgan fuqarolarning ikki nafari – Riga shahridan Toshkent xalqaro aeroportiga uchib keldi va ular yashash joyiga kuzatib qo‘yildi.
LiveBarchasi