AQSH davlat kotibi: “Xitoy kommunistik partiyasi eng katta tahdid”
Olam
−
30 yanvar 2020
6665AQSH davlat kotibi Mayk Pompeo Xitoyning kommunistik partiyasini rivojlanishga xavf soladigan eng katta tahdid deb atadi. Uning so‘zlarini Reuters axborot agentligi keltirmoqda.
"Biz hali ham terrorizmga nisbatan g‘oyat hushyormiz... Ammo Xitoy Kommunistik partiyasi davrimizning eng asosiy tahdidi bo‘lib turibdi", deb ta’kidlagan u Buyuk Britaniya tashqi ishlar vaziri Dominik Raab bilan o‘tkazilgan matbuot anjumanida.
Ma’lumot o‘rnida, AQSH Davlat kotibi Maykl Pompeo joriy yilning 2-3 fevral kunlari O‘zbekistonga tashrif buyurishni rejalashtirgan. Toshkentga safari vaqtida Maykl Pompeo O‘zbekiston Republikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov bilan muzokaralar o‘tkazadi.
LiveBarchasi
Putin xalqiga murojaat qildi.
21 noyabr