Dunyodagi havosi eng iflos shahar nomi ma’lum qilindi

Olam

image

Kecha, 16 aprel kuni QIAir “havo sifati indeksi” jahon ro‘yxati e’lon qilindi. Unda dunyo mamlakatlaridagi shaharlar havo holatiga qarab baholab borildi. Bu haqda “Interfaks” xabar bermoqda.

Indeksda Xitoyning Chunsin shahri bormoqda. Ukraina poytaxti Kiyev shahri ham keyingi o‘rinlarni band etgan. Shaharning ayrim tumanlarida havo sifati “o‘ta xavfli”, deya baholangan.

Ro‘yxatga, shuningdek, Markaziy Osiyo davlatlari ham kiritilgan. O‘zbekiston poytaxti Toshkent shahrida qo‘shni davlatlarga qaraganda havo sifati yomon ekanligi qayd etilgan. 

Unga ko‘ra, Toshkent shahri 127 ko‘rsatkich bilan “ta’sirchan guruh”ga kiritilgan. Turkmaniston poytaxti Ashxobod va Qirg‘iziston poytaxti Bishkek esa 13 ko‘rsatkich bilan “yaxshi” guruhidan joy olgan. Tojikiston poytaxti Dushanbe shahri 59 ko‘rsatkich bilan “mo‘’tadil” guruhga kirgan. Qozog‘istonning Olma-ota shahri esa 53 ko‘rsatkich qayd etgan va u ham “mo‘’tadil” guruhidan joy olgan.


Maqola muallifi

Teglar

Xitoy

Baholaganlar

837

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing