Jinoyat va Jinoyat-protsessual kodekslari yangi tahrirda ishlab chiqiladi
Jamiyat
−
10 fevral 2020
13543O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining yangi tahriri ishlab chiqiladi. Bu haqda Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasining milliy strategiyasini amalga oshirish bo‘yicha “Yo‘l xaritasi”da nazarda tutilgan.
Qayd etilishicha, tegishli qonun loyihasi 2020 yil davomida ishlab chiqiladi. Loyihaga Bosh prokuratura, IIV, DXX, Oliy sud, Adliya vazirligi mas’ul ijrochilar etib begilangan.
Bundan tashqari, jinoiy harakatlar natijasida jabrlangan shaxslarning (jabrlanuvchilarning) huquqlarini himoya qilish va amalga oshirishning huquqiy asoslarini ishlab chiqish, yetkazilgan moddiy yoki ma’naviy zarar uchun kompensatsiya kafolatlari bo‘yicha normativ-huquqiy hujjat loyihasi va tashkiliy chora-tadbirlar ishlab chiqiladi.
Loyihani mas’ul ijrochilar etib Oliy sud, Bosh prokuratura, Adliya vazirligi, Moliya vazirligi, Fuqarolik jamiyatini rivojlantirish markazi belgilangan. Muddat 2021 yilgacha belgilangan.
O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat-protsessual kodeksining yangi tahririni ishlab chiqiladi. Loyiha uchun Bosh prokuratura, IIV, DHH, Oliy sud, Adliya vazirligi mas’ul etib belgilangan. Loyiha 2020 yil davomida ishlab chiqilishi belgilangan.
Bundan tashqari, ushlangan shaxsni videoga yozish, unga protsessual huquqlarini tushuntirish va advokatni rad etish tartibi joriy qilinadi. Ushlab turilgan shaxsning yaqin qarindoshlarini, ular mavjud bo‘lmasa, boshqa qarindoshlarini bu haqda darhol xabardor qilish majburiyati huquqni muhofaza qilish organlari xodimlariga yuklanadi.
Shu bilan birga, prokuror yoki tergovchining jinoyat ishini qo‘zg‘atish, jinoyat ishini qo‘zg‘atishni rad qilish, tergovni tayinlash, tergovni yoki dastlabki tergovni to‘xtatish va jinoyat ishini tugatish to‘g‘risidagi qarorlari bo‘yicha manfaatdor shaxslarning sudga to‘g‘ridan-to‘g‘ri murojaat qilishi tartibi joriy etiladi.
LiveBarchasi
Putin xalqiga murojaat qildi.
21 noyabr