Rossiyalik vazir: O‘zbekiston 2020 yilda YeOIIga qo‘shiladi

Jamiyat

image

Rossiya Federatsiyasi Iqtisodiy rivojlanish vaziri Maksim Oreshkin O‘zbekiston 2020 yilda Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqiga qo‘shilishini tasdiqladi.

Iqtisodchi Behzod Hoshimovning shaxsiy Telegram kanalida ma’lum qilishicha, Oreshkin Oliy iqtisodiyot maktabi (NIU VSHE) talabalari bilan bo‘lgan uchrashuvda O‘zbekistonning YeOIIga kirishi haqida gapirgan.

Bundan tashqari, vazir talabalarga ta’tilda O‘zbekistonga borishni tavsiya qilib, mamlakatni turistik jihatdan nihoyatda qiziq va mehmondo‘stligini aytib o‘tgan.

Qayd etilishicha, hozirda O‘zbekiston davlat korxonalariga YeOIIga kirishdagi imtiyozlar borasida muzokaralar olib borilyapti. Oreshkin bu masalada kelishuvga erishilishiga ishonch bildirgan.

Iqtisodchi boshqa ishonchli manbalariga tayanib, O‘zbekistonning YeOIIga qo‘shilishi 2020 yilning kuzida Toshkentdagi MDH davlatlari sammitida e’lon qilishini ta’kidlagan.


Maqola muallifi

Teglar

Maksim Oreshkin EOII

Baholaganlar

295

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing