Yashnobodda tovlamachi pul olayotganda qo‘lga olindi

Jamiyat

image

Tovlamachilik eng yomon illatlardan biri hisobalanadi. Ming afsuski, jamiyatimizda tovlamachilik qilish orqali daromad qilmoqchi bo‘lganlar ham uchrab turibdi. 

O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining rasmiy kanali tarqatgan xabarga ko‘ra, Yashnobodda eriga xiyonat qilgani haqida mish-mish tarqatishi bilan ayol kishini qo‘rqitib, undan tovlamachilik bilan pul talab qilgan shaxs qo‘lga olindi

Ichki ishlar organlariga 37 yoshli Shaxlo T. murojaat qilib, undan 700 AQSH dollarini tovlamachilik bilan talab qilayotgan shaxsga nisbatan chora ko‘rishni so‘ragan. Aks holda, Shaxlo eriga xiyonat qilgani haqida mish-mish tarqatishi bilan qo‘rqitilgan. 

Shu yilning 16 oktyabr kuni soat 16:30 da poytaxtning Yashnobod tumanida pullarni olish vaqtida 35 yoshli Abduvaxob N. qo‘lga olindi. Unga nisbatan

O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 165-moddasi (“Tovlamachilik”) bo‘yicha jinoiy ish qo‘zg‘atildi.

Qilmish qidirmish deb shunga aytsalar kerak. 


Maqola muallifi

Teglar

Tovlamachilik Yashnobodda qo'lga olindi

Baholaganlar

74

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing