O‘zbekiston Dohadagi afg‘onlararo konferensiya qarorlarini qo‘llab-quvvatlashini ma’lum qildi

Jamiyat

image

Joriy yilning 7-8 iyul kunlari Qatarning Doha shahrida Afg‘oniston masalasi bo‘yicha navbatdagi konferensiya bo‘lib o‘tdi. O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi O‘zbekiston Dohadagi (Qatar) afg‘onlararo konferensiya qarorlarini va uning ishtirokchilari tomonidan qabul qilingan Tinchlik to‘g‘risidagi qo‘shma rezolutsiyani qo‘llab-quvvatlashini ma’lum qildi.  

“Tomonlarning afg‘onlararo keng qamrovli muzokaralar orqali barqaror tinchlikka erishishga sodiqligi Afg‘oniston muammosini hal qilishning yagona to‘g‘ri yo‘lidir. 

O‘zbekiston doim tinchlik jarayoni mamlakatning barcha siyosiy kuchlari va etnik guruhlarini qamrab olishi kerak degan qat’iy fikrda bo‘lgan. Bunda bosh rolni afg‘onlarning o‘zlari o‘ynashi kerak. 

Mamlakatda uzoq kutilgan tinchlikni o‘rnatish bo‘yicha siyosiy jarayon afg‘onlarning o‘zlari tomonidan hamda Afg‘oniston xalqi rahbarligida amalga oshirilishi lozim. 

Shundan kelib chiqib O‘zbekiston Afg‘onistonda haqiqiy tinchlikka erishish bo‘yicha sa’y-harakatlarni bundan keyin ham davom ettirishga tayyor”, deyiladi TIV rasmiy bayonotida.

Eslatib o‘tamiz, joriy yil Samarqandda Afg‘oniston Hukumati va “Tolibon” harakati rahbarlari o‘rtasida diolog tashkil etilishi rejalashtirilmoqda. 


Maqola muallifi

Teglar

Afg'oniston TIV Tolibon Qatar

Baholaganlar

2

Reyting

3.3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing