Endi san’at sohasida oliy ma’lumotga ega bo‘lmaganlar ham OTMda dars berishi mumkin

Jamiyat

image

Joriy yilning 8 iyun kuni O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining ayrim qarorlariga oliy ta’lim muassasalarining ta’lim berish jarayoniga noyob iste’dodli va mahoratli mutaxassislarni jalb etishga doir o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi. Bu haqda Adliya vazirligining "Huquqiy axborot" kanalida ma’lum qilindi.

Amaldagi qonunchilikka muvofiq, oliy ta’lim muassasalarining pedagog xodimlari uchun tanlovlarda tegishli mutaxassisliklar bo‘yicha oliy ma’lumotga ega bo‘lgan shaxslar (magistr, diplomli mutaxassis)  qatnashishi mumkin. 

Kiritilgan qo‘shimchalarga muvofiq, oliy ta’lim muassasalaridagi pedagog xodimlar lavozimi uchun tanlovlarda, istisno tariqasida tasviriy va amaliy san’at sohasida oliy ma’lumotga ega bo‘lmagan, biroq “O‘zbekiston Respublikasi san’at arbobi”, “O‘zbekiston Respublikasi xalq rassomi”, “O‘zbekiston Respublikasi xalq ustasi” faxriy unvonlariga ega shaxslar hamda O‘zbekiston Badiiy akademiyasi akademiklari qatnashishi mumkinligi belgilandi.


Maqola muallifi

Teglar

Vazirlar Mahkamasi

Baholaganlar

7

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing