To‘rtta yo‘nalishda bazaviy OTMlar belgilandi

Jamiyat

image

Kecha, 4 fevral kuni Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziri Inomjon Majidov raisligida OTM rektorlari, Kasb-hunar ta’limi hududiy boshqarma boshliqlari, akademik litsey direktorlari ishtirokida videoselektor o‘tkazildi.

Mazkur yo‘nalishda respublikadagi oliy ta’lim muassasalarini ilmiy metodik ta’minlash uchun 4 ta yo‘nalish bo‘yicha bazaviy OTM belgilandi. 

Xususan, O‘zbekiston Milliy universiteti matematika va biologiya, Toshkent davlat texnika universiteti geologiya, Samarqand davlat universiteti kimyo yo‘nalishi bo‘yicha bazaviy oliy ta’lim muassasalari etib belgilandi. 

Mazkur OTMlarga amalda qo‘llanilayotgan darsliklarni tahlil qilgan holda, keyingi o‘quv yili uchun yangi adabiyotlarni yaratish bo‘yicha topshiriqlar berildi. 

Shuningdek, bazaviy ta’lim muassasalarining mas’ul kafedralari tomonidan yil davomida ilmiy metodik seminarlar tashkil etiladi.


Maqola muallifi

Teglar

OTM darslik

Baholaganlar

102

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing