Oksana Chusovitina XOQning atletlar komissiyasi tarkibiga nomzod bo‘ldi
Sport
−
09 dekabr 2019
3296O‘zbekistonlik gimnastikachi Oksana Chusovitina Xalqaro Olimpiya qo‘mitasining (XOQ) atletlar komissiyasi tarkibiga nomzodlik qilmoqda. Bu haqda sportchining o‘zi ijtimoiy tarmoqdagi sahifasi orqali xabar berdi.
“Azizlarim, sizlar bilan ajoyib yangilikni baham ko‘rmoqchiman. Bugun men XOQdan tashkilotning atletlar komissiyasi a’zoligiga nomzodlardan biri ekanim haqida maktub oldim. O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasi va XOQ nomzodimni tanlagani uchun ularga minnatdorlik bildiraman”, deydi Oksana Chusovitina.
XOQ prezidenti Tomas Bax ushbu o‘ringa 30 nafar nomzod ko‘rib chiqilayotgani va Tokio Olimpiadasi yakunida ularning 4 nafari komissiyaning to‘laqonli a’zoligiga qabul qilinishini ma’lum qilgan.
E’tiborli jihati shundaki, bugungacha o‘zbekistonlik hech bir mataxassis mazkur komissiyaga a’zo bo‘lmagan.
Eslatib o‘tamiz, Oksana Chusovitina Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi Parlamentlararo Assambleyasi va uning tarkibiy tuzilmalari tadbirlaridagi faol ishtiroki, shuningdek Hamdo‘stlikka a’zo mamlakatlar xalqlari o‘rtasidagi do‘stlikni mustahkamlashga qo‘shgan hissasi uchun kuni kecha tashkilotning faxriy yorlig‘i bilan taqdirlangan edi.
LiveBarchasi