Import boji stavkasi oshirilishi mumkin bo‘lgan tovarlar ro‘yxati ma’lum bo‘ldi
Jamiyat
−
04 iyul 2019
6218O‘zbekiston Respublikasida tashqi savdo jarayonlarini chuqur tahlil qilish shuni ko‘rsatdiki, amaldagi bojxona bojlari stavkalari iqtisodiyotning real sektorini rivojlantirish uchun salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin. Tayyor mahsulotlarni import qilishni rag‘batlantiruvchi muhit yaratilib, buning natijasida tarmoqlarda investitsion jozibadorlik yo‘qolishi mumkin bu haqda Ivestitsiyalar va tashqi savdo vazirligi Matbuot xizmati xabar berdi.
Tarif va notarif tartibga solish Kengashining tavsiyalari, shuningdek keng doiradagi tadbirkorlik sub’ektlari, ishlab chiqaruvchilar va biznes vakillari bilan o‘tkazilgan muhokamalarning natijalariga ko‘ra bugungi kunda quyidagi tamoyillarga asoslangan import boji stavkalarini qayta ko‘rib chiqish va optimallashtirish bo‘yicha tegishli qaror loyihasi ishlab chiqildi:
- tabiiy xom-ashyo va muhim ijtimoiy ahamiyatga ega bo‘lgan tovarlar (don, un, ruda va metall konsentrantlar) – bojxona boji stavkasi 0 foiz;
- xomashyo, O‘zbekiston Respublikasida ishlab chiqarilmaydigan, ijtimoiy ahamiyatga ega bo‘lgan hamda oxirgi 3 yil davomida import qilinmagan tovarlar - bojxona boji stavkasi 2 - 5 foiz;
- ishlab chiqarish tabiiy va iqlim sharoitlari noqulay yoki iqtisodiy jihatdan samarasiz bo‘lgan yarim tayyor va tayyor mahsulotlar, respublika hududida ishlab chiqariladigan, biroq mavjud talabni to‘liq qondirmaydigan tayyor yoki qayta ishlangan oziq-ovqat mahsulotlari, inson salomatligiga nisbatan salbiy ta’sir ko‘rsatadigan oziq-ovqat mahsulotlari - bojxona boji stavkasi 10 - 15 foiz;
- yetarlicha miqdorlarda ishlab chiqariladigan va eksport qilinadigan qishloq xo‘jaligi mahsulotlari, respublikadagi talabni to‘liq qoplamaydigan hajmlarda ishlab chiqariladigan hajmlari yakuniy iste’mol hajmi talablarini qoplaydigan tovarlar, birinchi darajali bo‘lmagan yoki hashamatli tovarlar, inson salomatligiga salbiy ta’sir ko‘rsatadigan (tamaki va alkogol mahsulotlari) tovarlar - bojxona boji stavkasi 20 – 30 foiz.
Shu bilan birga, respublikada ishlab chiqarilmaydigan 197 ta turdagi tovar pozitsiyalari uchun import boji stavkalarini pasaytirish rejalashtirilmoqda. Jumladan, 89 ta tovar pozitsiyalari bo‘yicha import boji 5 foizda 2 foizgacha, 79 ta tovar pozitsiyalari bo‘yicha 10 foizdan 5 foizgacha, 7 ta tovar pozitsiyalari bo‘yicha 20 foizdan 2 foizgacha kamaytiriladi. Bundan tashqari, bozor talablari sharoitlaridan kelib chiqib, 2818 ta tovarlar nomenklaturasi bo‘yicha bojxona bojlari stavkalari o‘zgarishsiz qoldirilishi ko‘zda tutilgan.
Taklif etilayotgan bojxona bojlari stavkalari o‘rnatilsa, arifmetik o‘rtacha stavkasi taxminan 9 foizni tashkil qilib, bu hozirgi ko‘rsatkich 5,6 foizdan ko‘p, biroq 2017 yildagi ko‘rsatkich 14,9 foizdan ancha past hisoblanadi. Shu bilan birga, “nol” bojxona boji stavkasi qo‘llaniladigan tovar pozitsiyalari ulushi 62,7 foizdan 40,1 foizgacha kamayadi, import qiladigan 2500 dan ortiq tovarlarga nisbatan oldin qo‘llanilmagan 2 foiz miqdoridagi stavkasi qo‘llaniladi.
Ta’kidlash joizki, Jahon savdo tashkilotiga a’zo bo‘lish davrida belgilangan arifmetik o‘rtacha stavkasi Koreya Respublikasida 16,5 foizni, Isroilda 22 foiz, Indoneziyada 37,1 foiz, Norvegiyada 20,1 foiz, Hindistonda 48,5 foiz, Islandiyada 24 foiz va Marokashda 41,3 foizni tashkil qilgan. Shu bilan birga, “nol” bojxona boji stavkasi hozirgi vaqtda Yevropa ittifoqida 16,7 foiz tovarlarga nisbatan, Hindistonda 2,1 foiz, Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqida 15,8 foiz, Turkiyada 37,5 foiz tovarlarga nisbatan qo‘llaniladi, Eron Respublikasida esa “nol” bojxona boji stavkasi umuman qo‘llanilmaydi.
Ushbu bosqichda bojxona tariflarining yangi stavkalarini o‘rnatish yuqori qo‘shimcha qiymatli mahsulotlar ishlab chiqarish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish, importni optimallashtirish va o‘zaro manfaatli ikki tomonlama erkin savdo bitimlarini tuzish uchun zamin yaratadi.
Shu bilan birga, Tarif va notarif tartibga solish Kengashi tomonidan doimiy ravishda ichki va tashqi bozorlar, shuningdek tashqi savdo va tendensiyalari va narh-navo kon’yunkturasi monitoring qilib boriladi, bu esa o‘zgarishlarga tezkor javob berish, import bojxona bojlarini qayta ko‘rib chiqish uchun zamin yaratishini alohida qayd qilib o‘tish lozim.
LiveBarchasi