Dalillar ko‘rsatmoqda – Idlibda kimyoviy qurol ishlatilgan

Olam

image

Bugun, 4 mart kuni Suriya hukumati mudofaa vazirligi bergan ma’lumotlarga ko‘ra, Idlib deeskalatsiya zonasining sharqiy qismida kimyoviy qurol ishlatilingani haqida dalillar to‘plandi.

"Kecha, 3 mart kuni Suriya hukumat kuchlari “Hayot Tahrir ash-Shom” guruhi terrorchilariga qarshi Idlib deeskalatsiya zonasining sharqiy qismida maxsus operatsiya o‘tkazdi. Operatsiya davomida kimyoviy qurol yordamida amalga oshirilgan hujumlarning rad etib bo‘lmaydigan dalillari aniqlandi", deyiladi xabarda.

Eslatib o‘tamiz,  joriy yilning 27 fevral kuni Idlibda Suriya harbiy-havo kuchlari tomonidan uyushtirilgan havo hujumi chog‘ida 33 nafar turk harbiysi halok bo‘lgan edi. Shundan so‘ng, Turkiya armiyasi Suriya qo‘shinlari pozitsiyalariga havo va yer usti hujumlaridan javob qaytardi. Unda birdaniga 309 ta Suriya askari o‘ldirildi. 

Turkiya va Suriya o‘rtasidagi munosabatlar daqiqa sayin taranglashib bormoqda. Rasmiy Anqara Asad rejimi Rossiya va Erondan dastak olayotganini iddao qilmoqda. Ayni vaqtda ushbu to‘rtlik – Turkiya, Suriya, Rossiya va Eron o‘rtasida allaqachon axborot urushi boshlanib bo‘ldi. Mamlakatlarning axborot tarqatuvchi ichki va tashqi resurslari bir-biriga bo‘hton yog‘dirish bilan band bo‘lib qolmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Suriya

Baholaganlar

167

Reyting

2.8

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing