Oliy ta’lim vazirligi xodimlarining maoshi oshirildi
Jamiyat
−
12 iyul 2019
9316Avvalroq, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev “Oliy va o‘rta maxsus ta’lim sohasida boshqaruvni isloh qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmonni imzolagani haqida xabar bergan edik.
Farmonga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi (keyingi o‘rinlarda – Vazirlik) oliy, o‘rta maxsus va kasb-hunar ta’limi bo‘yicha yagona davlat siyosatini, shuningdek, oliy, o‘rta maxsus va kasb-hunar ta’limi muassasalarida bo‘ysunuviga ko‘ra vazirlik va idoralar bilan birgalikda o‘quv-tarbiya jarayoniga tashkiliy va metodik rahbarlikni amalga oshirish yuzasidan vakolatli davlat organi etib belgilandi.
Vazirlik hamda O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining 2019 yil 1 avgustdan boshlab quyidagilarni amalga oshirish to‘g‘risidagi takliflariga rozilik berildi:
a) yagona tarif setkasi bo‘yicha mehnatga haq to‘lashning tasdiqlangan razryadlariga ko‘ra vazirlik boshqaruv xodimlari lavozim maoshlarini aniqlashda tarif koeffitsiyentlarini bir yarim baravar miqdorida qo‘llash hamda bu bilan bog‘liq qo‘shimcha xarajatlarni O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining Oliy ta’lim muassasalarini rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan qoplash;
b) O‘zbekiston Respublikasi Davlat byudjeti mablag‘lari hisobidan Vazirlik markaziy apparatining:
fan nomzodi yoki falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasiga yoki xorijiy davlatlarning unga tenglashtirilgan boshqa ilmiy darajalariga ega xodimlari oylik ish haqiga – 30 foiz;
fan doktori yoki fan doktori (DSc) ilmiy darajasiga yoki xorijiy davlatlarning unga tenglashtirilgan boshqa ilmiy darajalariga ega xodimlari oylik ish haqiga – 35 foiz ustamalar belgilash;
v) O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining Oliy ta’lim muassasalarini rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan Vazirlikning markaziy apparati xodimlari oylik lavozim maoshiga oliy va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi tizimida xizmat qilgan umumiy ish staji uchun 3 yildan 5 yilgacha – 10 foiz, 5 yildan 10 yilgacha –20 foiz, 10 yildan 20 yilgacha – 30 foiz, 20 yildan ortiq – 40 foiz oylik ustamalar to‘lash;
LiveBarchasi