Nega avtobuslarga ruxsat berildi-yu, metroga esa yo‘q?
Jamiyat
−
15 iyun 2020
8935O‘zbekistonga Koronavirusning kirib kelishi va tarqalishining oldini olish yuzasidan chora-tadbirlar dasturini tayyorlash bo‘yicha Respublika maxsus komissiyasining qarori bilan “yashil” va “sariq” toifadagi hududlarda yo‘lovchi tashuvchi avtobuslar faoliyatiga ruxsat berildi. Ammo metro faoliyati qayta tiklanmadi.
Bugun, 15 iyun kuni Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Sanitariya-epidemiologiya nazorati davlat inspeksiyasi boshlig‘i, Respublika bosh davlat sanitariya inspektori Nurmat Otabekov nega bunday bo‘lganiga izoh berdi.
“Metrolardagi havoni doimiy yangilab turuvchi umumiy ventilyatsiya tizimi koronavirus infeksiyasi tarqalish xavfini oshiradi. Shu sababli metroga hozircha ruxsat yo‘q!”, dedi Otabekov brifingda.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonga Koronavirusning kirib kelishi va tarqalishining oldini olish yuzasidan chora-tadbirlar dasturini tayyorlash bo‘yicha Respublika maxsus komissiyasi qarori bilan mamlakatda poyezdlar qatnovi, qisman xalqaro parvozlar ham tiklandi. Ammo hududlarning toifalarga ajratilishi yana 1,5 oyga cho‘zildi.
Ma’lumot uchun, “yashil” va “sariq” toifadagi hududlarda joriy yilning 8 iyun kunidan jamoat transportlari harakati qayta tiklandi.
LiveBarchasi