Qanday hollarda fuqarolikdan chiqariladi? Yangi qonunda nima deyilgan?

Jamiyat

−

image

Avvalroq, Oliy Majlis Senati “O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligi to‘g‘risida”gi qonunni ma’qullagani haqida xabar bergan edik.

Mazkur qonun bilan O‘zbekiston fuqaroligini berish quyidagi uch tartibda amalga oshirilishi belgilanadi:

•    Umumiy tartib
•    Soddalashtirilgan tartib
•    Alohida tartib

Senator Mahmudjon Toirov qonun loyihasi muhokamasida fuqarolikdan chiqarish masalasiga to‘xtalib o‘tdi. U qonunning 42-moddasidagi ayrim bandlarga to‘xtalib o‘tdi. 

42-moddaga ko‘ra, quyidagi holatlar O‘zbekiston Respublikasining fuqaroligi masalalariga oid materiallarni ko‘rib chiqishni tugatish asoslaridir:

a) shaxsning davlat oldida bajarilmagan majburiyatlari yoki fuqarolarning yoxud davlat organlari va boshqa tashkilotlarning manfaatlari bilan bog‘liq bo‘lgan mulkiy majburiyatlari mavjudligi;
b) shaxsning qidiruvda ekanligi;
v) agar shaxs ayblanuvchi sifatida jinoiy javobgarlikka tortilgan, hukm qilingan va jazoni o‘tayotgan bo‘lsa;
g) shaxsga nisbatan qonuniy kuchga kirgan va ijro etilishi lozim bo‘lgan sud hukmining mavjudligi;
d) bila turib yolg‘on ma’lumotlar yoki soxta hujjatlar taqdim etganlik;
ye) O‘zbekiston Respublikasining davlat xavfsizligi manfaatlariga zidlik;
j) shaxsning vafot etganligi.
 


Maqola muallifi

Baholaganlar

63

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing