Mirziyoyevning dunyo tan olgan 10 tashabbusi

Jamiyat

image

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning TOP-10 ta eng muhim tashabbuslari aniqlandi. Buning uchun “Yuksalish” umummilliy harakati tomonidan ekspertlik so‘rovi o‘tkazildi.

Tajribali iqtisodchilar, siyosiy sharhlovchilar, yetuk olimlar, madaniyat arboblari, nufuzli jurnalistlar, huquq himoyachilari hamda mustaqil tadqiqotchilardan iborat 100 nafar mahalliy va xorijiy ekspertlar bazasi shakllantirildi. 

Turli soha mutaxassislariga O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan amalga oshirilgan muhim tashabbuslar ro‘yxati taqdim etilib, ulardan fuqarolarning olqishiga sazovor bo‘lgan va tarixiy ahamiyatga ega bo‘lganlarini belgilash so‘raldi.

So‘rov natijasiga ko‘ra, mustaqil ekspertlar tomonidan Prezident Shavkat Mirziyoyevning tarixiy ahamiyatga ega bo‘lgan TOP-10 ta eng muhim tashabbuslari ro‘yxati tuzildi. 

Unga ko‘ra, eng muhim tashabbus deya, Yaxshi qo‘shnichilik munosabatlari, chegaralarning ochilishi va nazorat-kiritish punktlarining tashkil etilishi. Markaziy Osiyo davlatlari bilan barcha masalalar bo‘yicha konstruktiv muloqot o‘rnatilgani e’tirof etildi — 96 ta ovoz;

Ro‘yxatning keyingi o‘rinlaridan quyidagi tashabbuslar joy oldi:
 
2. Valyuta bozorining erkinlashtirilishi, naqd pul bilan bog‘liq muammolarning bartaraf etilishi — 90 ta ovoz;

3. Majburiy mehnat, shu jumladan bolalar mehnatiga barham berilishi79 ta ovoz;

4. Oliy ta’lim muassasalariga qabul kvotalarining oshirilishi, milliy va xorijiy universitetlar filiallarining ochilishi — 78 ta ovoz;

5. Ommaviy axborot vositalarining jamiyatdagi, muhim hukumat qarorlari qabul qilinishidagi rolining oshirilishi69 ta ovoz;

6. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Virtual qabulxonasi va Xalq qabulxonalarining joriy etilishi63 ta ovoz;

7. Huquqni muhofaza qilish organlari va qurolli kuchlar tizimini isloh qilinishi61 ta ovoz;

8. Soliq islohotlari, tadbirkorlik sub’ektlari uchun soliq yukining kamaytirilishi, tadbirkorlar uchun soliq ta’tilining e’lon qilinishi — 59 ta ovoz;

9. Davlat xizmatlari tizimini rivojlantirish, ularning sifati va samaradorligini bosqichma-bosqich oshirish — 58 ta ovoz;

10. Mintaqaviy xavfsizlikni ta’minlanishi bo‘yicha chora-tadbirlar, Afg‘onistonda tinchlik o‘rnatish bo‘yicha xalqaro muloqotning kuchaytirilishi57 ta ovoz.

So‘rov davomida, shuningdek ekspertlar O‘zbekistondagi tub o‘zgarishlarga munosabatlari va islohotlarni yanada jadallashtirish bo‘yicha takliflarini ham yozib bildirdi.

Ularning fikricha, bugungi kunda Prezident Shavkat Mirziyoyevning tashabbuslari hamda O‘zbekistondagi transformatsiya jarayonlari nafaqat o‘zbek xalqi, balki Markaziy Osiyo davlatlariga ham ijobiy ta’sir ko‘rsatmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Shavkat Mirziyoev tashabbus

Baholaganlar

48

Reyting

3.2

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing