Qozog‘istonda karantinni buzganlarni dronlar yordamida kuzatish boshlandi
Olam
−
31 mart 2020
4439Qozog‘istonda koronavirus pandemiyasi tufayli joriy qilingan karantin qoidalarini buzuvchilar dronlar yordamida kuzatiladi. Bu haqda bugun, 31 mart kuni Qozog‘iston Mudofaa vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.
Ta’kidlanishicha, uchuvchisiz qurilmalar nazorat punktlarida harbiylar tomonidan foydalanila boshlandi.
"Ular karantin zonasi chegarasidan ruxsatsiz o‘tishlarni va transport vositalarining karantin zonasi hududiga hamda undan tashqariga o‘tishini aniqlashda zarur hisoblanadi", deyiladi Mudofaa vazirligi bayonotida.
Ma’lumot uchun, 19 mart kuni yo‘l to‘siqlari Nur-Sulton va Olma-otaga kirish va chiqish joylariga o‘rnatildi. IIV bo‘linmalari o‘tayotgan transport vositalarini tekshiradi. Choralar tinch fuqarolarning hayoti va sog‘lig‘iga tahdid bo‘lgan taqdirda kuchaytiriladi, deyiladi vazirlik xabarida. Biroq kirish va chiqish taqiqlanganiga qaramay, postlardan noqonuniy ravishda o‘tishga urinishlar kuzatilmoqda.
Bugungi kunga qadar Qozog‘istonda 336 ta koronavirus infeksiyasi tasdiqlangan. Nur-Sulton va Olma-otada, agar zarurat bo‘lmasa, tashqariga chiqish taqiqlandi. Shuningdek, karantin qoidalarini buzganlar jarimaga tortiladi yoki hibsga olinadi.
LiveBarchasi