“UZAVTOSANOAT” Kusherboyevni populizmda aybladi
Jamiyat
−
11 mart 2020
38643Bugun, 11 mart kuni Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari va “UZAVTOSANOAT” vakillari o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Unda deputatlar jamoatchilikka qiziq bo‘lgan savollar bilan korxona vakillariga yuzlandi. Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Rasul Kusherbayev mahalliy aholiga va xorijga eksport qilinayotgan mashinalardagi sifatning farqi bo‘yicha savol berdi.
“Eksportga yo‘naltirilayotgan va mahalliy aholiga sotilayotgan avtomobillarning sifatida farq katta. Eksport variantdagi mashinalar juda yaxshi deyishadi. Men o‘zim ko‘rmaganman. Chunki biz fuqarolar eksport variantni sotib olishdan mahrummiz. Mahalliy aholiga sotiladigan mashinalar nuqsonlar bilan ishlab chiqarilmoqda. “Sergeli” bozorga borib 400-500 ming so‘m sarflab, nuqsonlarini to‘g‘rilash talab etilyapti. Go‘yoki, bozor ma’murlari bilan zavod kelishib olgandek. Borsangiz o‘zlari qayerda nuqson bor bir zumda topib berishadi. Yangi mashinaga qo‘shimcha sarf-harajat qilasiz. Ularda hammasi tayyor turibdi. Nima uchun o‘zimizda ishlab chiqarilayotgan mashinalar ham eksport variantdek nuqsonsiz ishlab chiqarilmaydi?”, deya savol berdi Kusherbayev.
Ushbu savolga “UZAVTOSANOAT” vakili Ruslan Qodirov javob berdi. Unga ko‘ra, sifat bilan uskunalar talabi tushunchalarini farqlash talab etiladi. Eskport qilinayotgan davlat bozorida mazkur talablari mavjud. O‘zbekistonda esa bunday talablar yo‘q.
“Masalan, ularda havo oqimi sovuq bo‘lgani sababli old o‘rindiqlarda isitish tizimi o‘rnatish talabi bor. Buni ichki bozorga sotilayotgan mashinalarga ham qo‘yishimiz mumkin. Lekin bu narxlarning oshishiga olib keladi. Yaqinda 500 ming so‘m to‘lasangiz qo‘shimcha uskunalar ham o‘rnatilib berilishi haqida aksiya e’lon qildik. Bozorga chiqib uni biror ustaga o‘rnattirsangiz bu qimmatga tushadi. O‘zbekistonda o‘tgan yili kunduzi ishlaydigan chiroqlar o‘rnatish talabi kiritildi. Shundan keyin biz ham bu talabni bajardik, ammo narxga ta’sir qilmadi. Buni hisobga olishimiz kerak.
Ishlab chiqarishda istalgan jahondagi avtokorxonalarda ishlab chiqarishda nuqsonlar bo‘ladi, buni tan olish kerak. Ishlab chiqarishda inson faktori degan tushunchalar bor. Siz xalq vakilisiz, sizga xalq mendan ko‘ra ko‘proq ishonadi. Hammasi nuqson bilan chiqadi deyishingiz ozgina “populistik” gap bo‘lib qoladi. Shunday nuqsonlar bo‘lsa, dillerlarimizga kelib aytinglar”, deydi Ruslan Qodirov.
“UZAVTOSANOAT” vakiliga qo‘shimcha qilib boshqa bir deputat Alisher Qodirov esa mashina ishlab chiqaruvchini to‘liq ayblovlar bilan tahqirlamaslik kerakligini aytdi.
LiveBarchasi
Putin xalqiga murojaat qildi.
21 noyabr