Rossiya chet elliklarni deportatsiya qilishni ma’lum vaqtgacha to‘xtatdi

Olam

image

Rossiya Federatsiyasi Prezidentining farmoniga binoan Rossiya chet el fuqarolarini deportatsiya qilishni 15 iyungacha to‘xtatdi. Bu haqda bugun, 23 aprel kuni Rossiya Federatsiyasi Ichki ishlar vazirligi Migratsiya Bosh boshqarmasi boshlig‘i Valentina Kazakova ma’lum qildi.

“Rossiya Prezidentining farmoniga binoan, hozirda mamlakat hududida bo‘lgan va hujjatlari muddati tugagan fuqarolar uchun barcha ruxsatnomalarning amal qilish muddati 15 martdan 15 iyungacha ya’ni 90 kunga uzaytirilgan“, deydi Kazakova.

Uning so‘zlariga ko‘ra, ushbu davr mobaynida chet elliklarni deportatsiya qilish va chiqarib yuborish to‘g‘risida qarorlar qabul qilmaydi. Bundan tashqari, chet el fuqarolarining qo‘lida bo‘lgan hujjatlar bekor qilinmaydi.

Ma’lum qilinishicha, Rossiya Federatsiyasi Hukumatining raisi Mixail Mishustin Vazirlar Mahkamasining qaroriga imzo chekkan. Qaror muhojirlar uchun vizalarning amal qilish muddatini ko‘pi bilan 90 kunga uzaytirishga imkon beradi.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati raisi Tanzila Norboyeva joriy yilning 8 aprel kuni Rossiya Federatsiyasi Federal Majlisi Federatsiya Kengashi Raisi Valentina Matviyenkoga maktub yo‘llab, o‘zbekistonlik muhojirlar masalasida yordam so‘ragan edi.

 

Maqola muallifi

Teglar

Rossiya Muhojirlar Deportatsiya

Baholaganlar

128

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing