“Manchester Siti” ikki mavsumga Chempionlar ligasidan chetlatildi

Sport

image

Yevropa futbol assotsiatsiyalari ittifoqi (UEFA) klublarning moliyaviy nazorati bo‘yicha arbitraj palatasi Angliyaning “Manchester Siti” klubi moliyaviy fair play qoidasini buzilganligi sababli keyingi ikki mavsumda Yevropa musobaqalarida qatnashishini taqiqlab qo‘ydi. 

Ta’kidlanishicha, arbitraj palatasi barcha dalillarni o‘rganib chiqib, “shaharliklar” UEFA klublarining litsenziyalash qoidalarini jiddiy buzganligini aniqlagan. “Manchester Siti” 2012-2016 yillarda homiylardan olgan daromadlarini oshirib ko‘rsatib, litsenziyalash va moliyaviy feyr-pley qoidalarini jiddiy tarzda buzgan va bu bilan UEFAni chalg‘itgan. 

Shuningdek, UEFA klubga 30 million yevro miqdorida jarima to‘lash majburiyatini yuklagan.

“Manchester Siti” qarorlarni qabul qilish jarayonini noxolis deb hisobladi va Sport abritaj sudiga murojaat qilmoqchi.


Maqola muallifi

Teglar

futbol “Manchester Siti”

Baholaganlar

261

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing