Neymar Braziliya terma jamoasidan ketishini e’lon qildi
Sport
−
13:42 1670 1 daqiqa
Braziliya milliy terma jamoasi hujumchisi Neymar 2026 yilgi Jahon chempionatidan so‘ng xalqaro faoliyatini yakunlaganini e’lon qildi. Bu haqda Fabritsio Romano xabar berdi.
34 yoshli futbolchi milliy terma jamoa safidagi so‘nggi uchrashuvini Jahon chempionatining 1/8 finalida Norvegiyaga qarshi o‘tkazdi. Zaxiradan maydonga tushgan Neymar qo‘shimcha vaqtda penaltidan gol urdi, ammo bu gol Braziliyani 2:1 hisobidagi mag‘lubiyat va musobaqadan chiqib ketishdan qutqara olmadi. Shu tariqa, bu uning 2026 yilgi mundialdagi ilk va so‘nggi goli bo‘lib qoldi.
Uchrashuvdan keyin Neymar Braziliya milliy terma jamoasi safida boshqa maydonga tushmasligini ma’lum qildi.
“Men qo‘limdan kelgan barcha ishni qildim. Hammasi “MetLife” stadionida boshlandi va shu yerda yakunlandi. Endi barchasi tugadi”, dedi futbolchi.
Ma’lumot uchun, Neymar Braziliya milliy terma jamoasi safida 130 ta uchrashuvda maydonga tushib, 80 ta gol urgan. Shu tariqa, u mamlakat futboli tarixidagi eng yorqin yulduzning xalqaro faoliyatiga yakun yasadi.
Live
Barchasi