MB: Milliy valyuta Amerikadan boshqa hamma mamlakatlarda qadrsizlanyapti
Jamiyat
−
20 avgust 2019
6534O‘zbekiston mustaqillikka erishgach, mamlakatda chorak asr davomida tadbirkorlik moliyaviy resurslar bilan yetarli darajada ta’minlanmagan. Bu haqda Markaziy bank raisi Mamarizo Nurmurotov OAV vakillari bilan uchrashuvda aytib o‘tdi.
"25-26 yil davomida mamlakatimizda xususiy tadbirkorlikni rivojlantirishda moliyaviy resurslardan foydalanish uchun yetarli imkoniyatlar yaratib berganimiz yo‘q.
Natijada oxirgi 2-3 yilda O‘zbekistonda investitsion chanqoqlik yig‘ilib qoldi. Bu esa qo‘shimcha mablag‘larga ehtiyojni kuchaytirdi. Oqibatda kreditlar hajmini ko‘paytirishga majbur bo‘ldik", dedi Mamarizo Nurmurotov.
Shuningdek, MB raisi valyutaning qadrsizlanishi dunyoning ko‘plab mamlakatlarida kuzatilayotganini qayd etib o‘tdi.
"Kecha dollarning 0,5 foizlik tebranish chegarasini bekor qilish haqida qaror qabul qildik. Endi dollar kursi sotuvchilar va sotib oluvchilar tomonidan belgilanadi. Bu - ob’ektiv iqtisodiy zarurat.
Milliy valyutaning qadrsizlanishi Amerikadan boshqa hamma mamlakatlarda kuzatilyapti", dedi Nurmurotov.
Avvalroq, Nurmurotov endilikda MB valyutalarning sotish va sotib olish kursini belgilamasligini, narxlar bozorda mustaqil shakllanishini ma’lum qilgandi.
LiveBarchasi