Litsenzion musobaqaga qur’a tashlandi. O‘zbekistonlik bokschilarga kimlar raqib bo‘ldi?
Sport
−
03 mart 2020
6099Iordaniyaning Amman shahrida boks bo‘yicha Osiyo/Okeaniya mintaqalari uchun Tokio Olimpiadasiga yo‘llanma beruvchi musobaqaga start berildi. 11 martga qadar davom etadigan mazkur turnirda ushbu mintaqalarning eng sara bokschilari bahs olib boradi.
Kecha, 2 mart kuni musobaqaga bag‘ishlangan matbuot-anjumani o‘tkazildi va har bir vazn toifasiga qur’a tashlash marosimi bo‘lib o‘tdi. Quyida musobaqada ishtirok etuvchi o‘zbekistonlik bokschilar tarkibi va ularning turnirdagi ilk raqiblari bilan tanishish mumkin:
-52 kg: Shahobiddin Zoirov – Sayid Muhammad (Pokiston) / Aldoms Suguro (Indoneziya)
-57 kg: Mirazizbek Mirzahalilov – Akilbek Esenbek uulu (Qirg‘iziston) / Gaurav Solanki (Hindiston)
-63 kg: Elnur Abduraimov – Jeyms Paliste (Filippin)
-69 kg: Bobousmon Baturov – Ka Va Chan (Gonkong) / Dominik Roye (Yangi Zelandiya)
-75 kg: Fanat Qahramonov – Osama Elsimrin (Iordaniya)
-81 kg: Dilshod Ro‘zmetov – Navosa Yata (Tuvalu) / Paulo Aukuso (Avstraliya)
-91 kg: Sanjar Tursunov – Toriq Robiy (Iroq)
+91 kg: Bahodir Jalolov – Denis Latipov (Bruney) / Xvapyong Son (Janubiy Koreya)
Reglamentga ko‘ra, bugun o‘rta vazn toifalarida saralash janglari o‘tkaziladi. Ushbu kun dasturida ikki nafar o‘zbekistonlik bokschi Fanat Qahramonov (-75 kg) va Yodgoroy Mirzayeva (-57 kg) ringga chiqishi belgilab qo‘yilgan.
Erkaklar:
-75 kg: Fanat Qahramonov – Osama Elsimrin Majid (Iordaniya) (Taxminiy boshlanish vaqti: 20:50)
Ayollar:
-57 kg: Yodgoroy Mirzayeva – Jennifer Chiyeng (Mikroneziya) (14:10)
Janglarning boshlanishi Toshkent vaqti bilan taxminan ko‘rsatilgan.
Eslatib o‘tamiz, boks bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi Amman shahrida 17 fevraldan o‘quv-mashg‘ulot yig‘inida ishtirok etib kelmoqda. Mazkur mashg‘ulotlar yakuni bo‘yicha ushbu tarkib saralab olindi.
Reglamentga ko‘ra, Osiyo/Okeaniya mintaqalari uchun har bir vazn toifasiga turlicha kvota ajratilgan. Ushbu turnirda litsenziyalar quyidagi tartibda taqsimlanadi:
-52 kg: 6 ta o‘rin
-57 kg: 6 ta o‘rin
-63 kg: 6 ta o‘rin
-69 kg: 5 ta o‘rin
-75 kg: 5 ta o‘rin
-81 kg: 5 ta o‘rin
-91 kg: 4 ta o‘rin
+91 kg: 4 ta o‘rin
Jahongir Sotvoldiyev
LiveBarchasi