Soliqqa doir qaror qabul qilinadi
Jamiyat
−
05 fevral 2020
9618Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portaliga O‘zbekiston Respublikasi Davlat Soliq qo‘mitasining “Haqiqatda daromad oluvchi O‘zbekiston Respublikasi rezidenti bo‘lgan chet ellik shaxsga daromad to‘langanligi yuzasidan soliq organini xabardor qilish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash to‘g‘risida”gi qarori loyihasi e’lon qilindi.
Hujjat bilan “Haqiqatda daromad oluvchi O‘zbekiston Respublikasi rezidenti bo‘lgan chet ellik shaxsga daromad to‘langanligi yuzasidan soliq organini xabardor qilish tartibi to‘g‘risida”gi nizom tasdiqlanadi.
Mazkur Nizom O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 6-moddasiga (keyingi o‘rinlarda – Soliq kodeksi) muvofiq, haqiqatda daromad olish huquqiga ega bo‘lmagan, chet ellik shaxsga to‘lov manbaiga ega haqiqiy daromad oluvchi O‘zbekiston Respublikasi rezidenti bo‘lgan aniq shaxs bo‘lishi sharti bilan daromad to‘langanligi yuzasidan soliq organini xabardor qilish tartibini belgilaydi.
Loyihaga asosan, agar daromadlarni to‘lash manbaiga daromad to‘lanayotgan chet ellik shaxs haqiqatda daromad olish huquqiga ega emasligi va haqiqatda daromad oluvchi to‘lov manbaiga ega, O‘zbekiston Respublikasi rezidenti bo‘lgan aniq shaxs ekanligi ma’lum bo‘lsa, daromadni chet ellik shaxs foydasiga to‘lashda, O‘zbekiston Respublikasi rezidentlari uchun Soliq kodeksida belgilangan soliq solish tartibi qo‘llaniladi.
Agar to‘lanayotgan daromadlarga (ularning bir qismiga) nisbatan haqiqiy huquqqa ega bo‘lgan shaxs O‘zbekiston Respublikasining soliq rezidenti bo‘lsa, to‘lanayotgan daromadga (uning bir qismiga) soliq solishi, O‘zbekiston Respublikasining soliq rezidentlariga nisbatan Soliq kodeks qoidalariga muvofiq amalga oshiriladi. Bunda to‘lanayotgan daromadlarga (ularning bir qismiga) taalluqli soliq, agar to‘lov manbai o‘zi hisobga olingan joydagi soliq organini xabardor qilgan bo‘lsa, to‘lov manbai tomonidan ushlab qolinmaydi.
Daromad olish huquqiga ega bo‘lmagan, chet ellik shaxsga daromad to‘langanligi to‘g‘risida soliq organlarini xabardor qilish mazkur Nizom ilovasiga muvofiq xabarnoma yuborish orqali amalga oshiriladi.
LiveBarchasi