“O‘lganning ustiga tepgan”: deport qilingan o‘zbekistonliklar reysdan chetlatildi

Olam

image

Rossiyadan deport qilingan O‘zbekiston fuqarolari parvozdan avval reysdan ham chetlatildi. Bu haqda Tashqi ishlar vazirligi Matbuot xizmati xabar berdi.

Joriy yilning 29 oktyabr kuni Rossiya hududidan chiqarib yuborilgan o‘zbekistonliklar X.A. va Sh.T. samolyot uchishigacha uning hojatxonasida tamaki mahsulotlarini iste’mol qilgani uchun “Uralskiye avialinii” aviakompaniyasining Yekaterinburg-Toshkent yo‘nalishidagi reysidan tushirib yuborildi.

O‘zbekistonliklar Sverdlovsk viloyati bo‘yicha Chet ellik fuqarolarni vaqtincha saqlash markaziga qaytarib olib ketilgan va ular o‘z hisoblaridan aviachiptalarni qaytadan sotib olishlariga to‘g‘ri keladi.

Avvalroq Bosh konsulxona X.A. ga Vatanga qaytish uchun sertifikatni rasmiylashtirib bergan edi va uning aviachiptasi Rossiya federal byudjeti hisobidan xarid qilingan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Rossiya deport

Baholaganlar

121

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing