4 yashar qiz 4-qavatdan tushib ketmagan, tashlab yuborilgan – Bosh prokuratura

Jamiyat

image

Avvalroq, poytaxt Toshkentning Mirzo Ulug‘bek tumanida 4 yashar qizaloq qarovsiz qoldirilgani oqibatida uyning to‘rtinchi qavatidan pastga qulab, vafot etgani haqida xabar bergan edik. O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi Matbuot xizmati rahbari Hayot Shamsutdinov qizaloq behosdan tushib ketganini emas, aksincha, to‘rtinchi qavatdan tashlab yuborilganini ochiqladi. 

Shamsutdinovning qayd etishicha, joriy yilning 20 dekabr kuni saot 01:30 larda Mirzo Ulug‘bek tumani, Shahriobod ko‘chasida 1978 yilda tug‘ilgan fuqaro V.K. birga yashab kelayotgan ayol M.K. bilan spirtli ichimlik iste’mol qilib, o‘zaro janjallashib, jaxl qilgan holda ayolning voyaga yetmagan 4 yashar qizini uyning 4-qavatdan yerga tashlab yuborgan. 

Oqibatda voyaga yetmagan qiz vafot etgan.

Mazkur holat yuzasidan kecha, 23 dekabr kuni Mirzo Ulug‘bek tumani prokuraturasi tomonidan Jinoyat kodeksining 97-moddasi 2-qismi “v” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.  

V.K. protsessual tartibda ushlangan. Ayni vaqtda tergov harakatlari olib borilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Bosh prokuratura

Baholaganlar

394

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing