Safoyev Oksford islom tadqiqotlari markaziga bordi

Jamiyat

image

    
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Raisining birinchi o‘rinbosari Sodiq Safoyev  kecha, 23 sentyabr kuni Britaniyaning Oksford shahrida bo‘lib o‘tgan Oksford islom tadqiqotlari markazi (OITM) Xalqaro akademik konsultativ qo‘mitasining 11 majlisida ishtirok etdi. 

Mazkur tadbirda OITMning o‘tib borayotgan yildagi faoliyati yakunlari, ilmiy tadqiqotlarning ustuvor yo‘nalishlari va xalqaro akademik hamkorlikni rivojlantirish rejalari muhokama etildi.

Ishtirokchilar tomonidan  Islom tarixining fanlaroaro tadqiqotlar va islom olamidagi zamonaviy qarashlarini rivojlantirish zarurligi   ta’kidlab o‘tildi. Qayd etilishicha, tadqiqotlar Islom ma’rifati pozitsiyasi mustahkamlanishi,  sivilizatsiyalararo muloqotning chuqurlashishi va musulmon jamiyatlarining modernizatsiya qilinishiga ta’sir etadi. 

Shu mazmunda ular jahon sivilizatsiyasi rivojiga bebaho hissa ko‘shgan buyuk islomshunos allomalarning merosini o‘rganish, saqlash va ommalashtirish, xalqaro jamoatchilikka tinchlik, bag‘rikenglik va ma’naviyatga chorlovchi Islom dinining sof insonparvarlik maqsadini, shuningdek O‘zbekiston rahbariyatining siyosatini yuksak baholadilar. 

Islom tadqiqotlari Oksford markazi direktori Farxan Nizomiy va boshqa ishtirokchilar O‘zbekistonning Al-Buxoriy, At-Termiziy, Beruniy, Ibn Sino va boshqa buyuk islom olami  namoyondalarining ishlarini kataloglashtirish hamda nashr etish, ularning tadqiqotlariga bag‘ishlangan xalqaro anjumanlar va simpoziumlar o‘tkazishdagi say’-harakatlariga ko‘mak berishga tayyorligini bildirgan. 

Shuni ta’kidlab o‘tish joizki, 1985 yilda tashkil topgan OITM Islomga yo‘naltirilgan san’at, gumanitar va ijtimoiy fanlar sohasidagi tadqiqot ishlarini qo‘llab-quvvatlovchi dunyodagi nufuzli ilmiy markazlardan biri sanaladi. Markaz rahnamosi Britaniya taxti vorisi Charlz Uelskiy hisoblanadi. 

OITMda imom al-Buxoriy va imom at-Termiziy nomli stipendiyalar ta’sis etildi. Bu O‘zbekistonning va boshqa mamlakatlarning ekspertlariga grant mablag‘lar hisobiga markaz negizida tadqiqotlar olib borish imkonini beradi. Markaz majmuasidagi ikkita zal Samarqand va Buxoro deb nomlanadi. 

OITM Xalqaro akademik maslahat qo‘mitasi tarkibiga Buyuk Britaniya, AQSH, Fransiya, Saudiya Arabistoni, Qatar, Malayziya, Hindiston, Pokiston va boshqa mamlakatlarning 20 nafar e’tiborli islomshunos olimlari va davlat arboblari kiradi. 2019 yildan boshlab O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Raisining birinchi o‘rinbosari Maslahat qo‘mitasining doimiy a’zosi hisoblanadi. 

Shuningdek,  O‘zbekiston delegatsiyasi a’zolari Bodlian kutubxonasini borib ko‘rdi. Bu yerda chig‘atoy (yeski o‘zbek) tilida yozilgan bebaho qo‘lyozmalar saqlanadi. Delegatsiya a’zolari Alisher Navoiy “Hamsa” dostonining asl nusxasini ko‘zdan kechirdi. Kutubxona vakillari bilan Movarounnahr olimlari qo‘lyozmalarini kataloglashtirish va faksimil nusxalarini yaratish masalasi muhokama etildi.


Maqola muallifi

Teglar

Sodiq Safoev Oksford islom tadqiqotlari markazi

Baholaganlar

3

Reyting

2.8

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing