O‘ldirilmasa, o‘ldirardi – Oq uy korchaloni Sulaymoniy nega o‘ldirilganini aytdi
Olam
−
07 yanvar 2020
20938Agar Qosim Sulaymoniy o‘ldirilmaganda, u AQSH diplomatlari va harbiylarini o‘ldirardi. General yaqin kelajakda amerikalik diplomatlar va harbiylarga hujum qilishni rejalashtirgan. Bu iddao Oq uy tomonidan ilgari surilmoqda.
Ushbu bayonot bugun, 8 yanvar kuni Fox News telekanalida AQSH Prezidentining Milliy xavfsizlik bo‘yicha yordamchisi Robert O’Brayen tomonidan e’lon qilindi.
“Prezident Donald Tramp har doim ochiq aytadiki, uning asosiy vazifasi Amerika fuqarolarini himoya qilishdir. Bizda mavjud ma’lumotlarga ko‘ra, Sulaymoniy va unga yaqin bo‘lgan guruhlar tez orada amerikalik diplomatlar va askarlarni o‘ldirishga tayyorgarlik ko‘rib borgan. Shuning uchun ham Prezident ushbu operatsiyaga ruxsat berdi”, deydi Trampning korchaloni.
Eslatib o‘tamiz, joriy yil 3 yanvarga o‘tar kechasi Bag‘dodda Eronning tashqi siyosatidagi muhim figura, Yaqin Sharqdagi shia guruhlarini yo‘llantirib, 20 yildan buyon Eron Islom inqilobi posbonlari korpusining maxsus bo‘linmasi “Al-Quds”ni boshqargan general Qosim Sulaymoniy AQSH havo zarbasi oqibatida halok bo‘ldi. Ushbu zarba bevosita Prezident Donald Trampning buyrug‘i bilan amalga oshirilgan.
LiveBarchasi