Pochtadan yubormoqchi edi, o‘xshamadi
Jamiyat
−
15 Sentabr 2019
5613Bugungi kunda giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlarni xalqaro pochta jo‘natmalari orqali jo‘natish taqiqlangan. Biroq, shunga qaramay pochta jo‘natmalari orqali tarkibida psixotrop va narkotik moddalar mavjud bo‘lgan dori vositalarini jo‘natish holatlari tez-tez uchramoqda.
Xususan, Toshkent shahar bojxona boshqarmasi xodimlari tarkibida psixotrop va giyohvandlik moddalari mavjud bo‘lgan dori vositalarinig O‘zbekistonga noqonuniy olib kirilishiga doir navbatdagi bojxona qoidabuzarliklarini fosh qildi.
Jumladan, “Bosh pochtampt” tashqi iqtisodiy faoliyat bojxona posti xodimlari tomonidan xorijdan fuqarolar V.M. va O.T. nomiga yuborilgan pochta jo‘natmalari bojxona ko‘rigidan o‘tkazilganda bojxona deklaratsiyasida ko‘rsatilmagan, tarkibida psixotrop moddasi mavjud bo‘lgan 30 dona “Zolpidem” hamda 60 dona “Fenazepam” nomli dori vositalari borligi aniqlandi.
Hozirda holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
LiveBarchasi