Fuqarolik kodeksiga o‘zgartish kiritildi
Jamiyat
−
13 dekabr 2019
4908Tadbirkorlik sub’ektlarini tugatish tartibi takomillashtirilishi munosabati bilan bir qator qonun hujjatlariga tegishli o‘zgartishlar kiritildi. Prezident Shavkat Mirziyoyev tomonidan “Ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi Qonun imzolandi.
Hujjatga ko‘ra, yuridik shaxs moliya-xo‘jalik faoliyati amalga oshirilmaganligi sababli harakatsiz rejimga o‘tkazilgan paytdan boshlab 3 yil ichida faoliyat tiklanmagan taqdirda ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organning qaroriga ko‘ra tugatilishi mumkin (NNTlar bundan mustasno).
(Amalda 6 oy mobaynida (savdo va savdo-vositachilik korxonasi esa –– 3 oy mobaynida) moliya-xo‘jalik faoliyati amalga oshirilmagan va (yoki) davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan paytdan boshlab 1 yil ichida ustav fondi shakllantirilmaganda sudning qaroriga muvofiq tugatiladi).
Shuningdek, yuridik shaxs bo‘lgan tadbirkorlik sub’ektini ixtiyoriy ravishda tugatish to‘g‘risidagi e’lon ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organ tomonidan uning rasmiy veb-saytiga joylashtiriladi.
(Amalda Kodeksda ushbu talab nazarda tutilmagan).
Ma’lumot o‘rnida: ushbu Qonun 2020 yil 1 yanvardan e’tiboran kuchga kiradi.
LiveBarchasi