Andijonda fuqaro xotinini urib o‘ldirdi

Jamiyat

image

Joriy yilning 29 iyun kuni Andijon viloyatida oilaviy janjal sabab fuqaro o‘z xotinining o‘ldirib qo‘ydi.

Viloyatning Asaka tumanida joylashgan “Kurama” MFYda yashovchi, 43 yoshli M.A. uyida oilaviy janjal oqibatida turmush o‘rtog‘i, 38 yoshli Sh.A.ning yuziga qo‘li bilan urgan. Kuchli zarb natijasida u boshi bilan yerga yiqilib, jarohat olgan va voqea joyida vafot etgan. 

O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasining ma’lum qilishicha, qotil M.A. qo‘lga olingan.

Mazkur holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Jinoyat Andijon viloyati Qotillik

Baholaganlar

91

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing