Shavkat Mirziyoyevdan 5 mamlakatga atalgan 5 muhim taklif

Jamiyat

image

Avvalroq, Toshkent shahrida Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining ikkinchi Maslahat uchrashuvi boshlangani, davlat rahbarlari tor doirada uchrashuv o‘tkazgani haqida xabar bergan edik. 

Ushbu uchrashuvda Shavkat Mirziyoyev uch muhim taklifni o‘rtaga tashladi. Bular: 

  • Toshkentda Markaziy Osiyo mamlakatlari investitsiyaviy forumini tashkil etish, savdo-sanoat palatalari rahbarlari uchrashuvlarini har yili o‘tkazish

Bu, avvalo, savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy aloqalarni rivojlantirishdir. Katta bozorga ega, tabiiy xomashyo va inson resurslari salmoqli bo‘lgan mintaqamizning raqobatdosh ustunliklarini imkon qadar to‘liq ishga solish muhim. Qo‘shilgan qiymat zanjirini shakllantirish, mintaqa ichidagi savdoni kengaytirish, ish o‘rinlarini yaratish maqsadida iqtisodiyotning turli tarmoqlarida yangi imkoniyatlarni aniqlash va kooperatsiya loyihalarini amalga oshirish lozim.

  • Mintaqaning transport jihatidan o‘zaro bog‘liqligini mustahkamlash va tranzit salohiyatini ro‘yobga chiqarish

Bunda Markaziy Osiyoning transport tizimi yaratilayotgan zamonaviy logistika infratuzilmasidan foydalangan holda mintaqa ichida uzluksiz kommunikatsiyani ta’minlashi, shuningdek, tobora ortib borayotgan tranzit oqimlariga samarali xizmat qilishi lozimligi ko‘zda tutilmoqda.  
Buning uchun transport kommunikatsiyalari bo‘yicha mintaqaviy kengash tuzilishini, Markaziy Osiyo transport tizimini birgalikda rivojlantirish bo‘yicha dastur va bitimning kelishilishini tezlashtirish muhim.

  • Energetika sohasidagi hamkorlik rivojlantirish

Bunda mintaqaning uzoq muddatli manfaatlarini hisobga olgan holda energetika sohasidagi hamkorlikni kengaytirish zarurligi, O‘zbekiston qayta tiklanuvchi energiya manbalarining ulushini oshirish nazarda tutilmoqda. Qayd etilishicha, mamlakatlar zamonaviy energetika infratuzilmasini yaratish borasidagi qo‘shma loyihalarni amalga oshirishga tayyor.

  • “Markaziy Osiyo bo‘ylab sayohat” xalqaro turizm konferensiyasini o‘tkazish

5 mamlakatning ulkan turizm salohiyatini amalga oshirish yana bir istiqbolli yo‘nalish ekani aytildi. Buning uchun Markaziy Osiyoning yagona, ko‘pchilik taniydigan turizm brendi, mintaqa uchun umumiy bo‘lgan jozibador turizm mahsulotlarini shakllantirish lozim. 

 “Markaziy Osiyo bo‘ylab sayohat” xalqaro turizm konferensiyasini o‘tkazish kerak. 

  • Suvdan foydalanish

Suvdan foydalanish borasidagi muammolarni hal etishga doir o‘zaro kelishilgan yondashuvlarni ishlab chiqish kerak. Afg‘onistonda tinchlik, milliy murosa va iqtisodiy tiklanishga erishishga ko‘maklashish yo‘lida mintaqa mamlakatlarining sa’y-harakatlarini muvofiqlashtirish muhim.
 


Maqola muallifi

Teglar

Shavkat Mirziyoev

Baholaganlar

152

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing