Shavkat Mirziyoyev Jeenbekov bilan telefonda muloqot qildi

Jamiyat

image

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev bugun, 30 dekabr kuni Qirg‘iz Respublikasi Prezidenti Sooronbay Jeenbekov bilan telefon orqali muloqot qildi.

Suhbat avvalida davlat rahbarlari kirib kelayotgan Yangi yil munosabati bilan bir-birlariga samimiy tabrik va ezgu tilaklar bildirdilar.

Ta’kidlash joiz, 2019 yil mamlakatlarimiz o‘rtasidagi do‘stlik, yaxshi qo‘shnichilik va strategik sheriklik munosabatlarini mustahkamlashda muhim bosqich bo‘ldi.

O‘zaro aloqalar jadallashdi, savdo ko‘rsatkichlari ikki barobar o‘sdi, sanoat va transport sohalarida kooperatsiya loyihalari ilgari surilmoqda, hududlar o‘rtasidagi va madaniy-gumanitar hamkorlik kengayib bormoqda.

Suhbatda davlat rahbarlari Toshkent shahrida o‘tgan Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining ikkinchi Maslahat uchrashuvi yakunlarini yuksak baholadilar.

O‘zbekiston-Qirg‘iziston hamkorligining istiqbollari hamda 2020 yilga mo‘ljallangan ikki tomonlama tadbirlar rejasi ham ko‘rib chiqildi.


Maqola muallifi

Teglar

Shavkat Mirziyoev Sooronbay Jeenbekov

Baholaganlar

18

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing