Shavkat Mirziyoyev “Yashil makon” doirasida ko‘chat ekishni boshladi
Jamiyat
−
11:36 1179 1 daqiqa
Bugun, 1 aprel kuni O‘zbekiston Prezident Shavkat Mirziyoyev “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasidagi ko‘chat ekish tadbirida ishtirok etdi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, bugungi tadbir o‘tkazilayotgan joyda 108 gektar maydonda Milliy dendrologiya bog‘i tashkil qilinmoqda.
Bu yerdagi “Yashil” universitet hududida “Ilm – loyiha – amaliyot” zanjiri asosida barpo etilayotgan «in-vitro» laboratoriyasi, Dorivor o‘simliklar hamda Urug‘chilik va seleksiya markazlari ham shu yilning o‘zida ishga tushiriladi.
Prezident tadbirda qatnashayotgan Birlashgan Millatlar Tashkilotining O‘rmonlar bo‘yicha forumi raisi Ismoil Belen, ushbu forumning kotibiyati direktori Julet Biao, xorijiy davlatlarning O‘zbekistondagi diplomatik korpusi vakillari hamda barcha ishtirokchilarga samimiy minnatdorlik bildirgan.
Shundan so‘ng Prezident tadbir qatnashchilari bilan birgalikda Milliy dendrologiya bog‘ining ilk 5 gektarida manzarali ko‘chatlar ekkan.
Bu bilan bir vaqtda respublika hududlarida 21 mingga yaqin fuqarolar yana 164 gektar maydonda 88 ming tup ko‘chat o‘tqazadi.
Live
Barchasi