Shavkat Mirziyoyev Yaponiyadan to‘g‘ri Rossiyaga uchadi
Jamiyat
−
19 dekabr 2019
10240Ertaga 20 dekabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Rossiyaning Sankt-Peterburg shahrida bo‘lib o‘tadigan Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligiga a’zo davlatlar rahbarlarining an’anaviy norasmiy uchrashuvida ishtirok etadi.
Tuzilmaga a’zo davlatlar yetakchilari MDH doirasidagi ko‘p tomonlama hamkorlikning holati va uni rivojlantirish istiqbollari yuzasidan fikr almashishi kutilmoqda.
Hamdo‘stlikning oktyabr oyida o‘tgan Ashxobod sammitida qabul qilingan qarorga muvofiq, 2020 yilning 1 yanvaridan MDHda O‘zbekiston Respublikasi raislik qiladi.
LiveBarchasi